Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oshdi
O‘zbekistonda 8 oyda 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Foto: Unsplash
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada 2021 yilning yanvar–avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,8 mlrd. kVt soatga oshgan. O‘sish sur'ati - 9 foiz.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
- Toshkent viloyati 23,1 foiz;
- Sirdaryo viloyati 22,7 foiz;
- Qashqadaryo viloyati 19,2 foiz;
- Navoiy viloyati 15,7 foiz ulushga ega.
Mavzuga oid
09:31
Xitoy va Rossiya yetakchi: O‘zbekiston tashqi savdosida top-10 hamkor
09:10
Xizmatlar bozorida katta o‘sish: ijara, savdo va ko‘chmas mulkda faollik
16:04 / 27.01.2026
2025 yilda sanoat ishlab chiqarishida yetakchi soha - ishlab chiqarish sanoati
15:31 / 27.01.2026