Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida YPX avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 sentabr kuni soat 12:30larda G‘uzor tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni ro‘parasida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan E.D. boshqaruvidagi Damas hamda YPX xodimi Sh.Niyozov boshqaruvida bo‘lgan Lacetti mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur to‘qnashuv oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Har ikkala mashinaga zarar yetgan. Ta'kidlanishicha, hozirda hodisa yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoda YPX mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa haqida rasmiy ma'lumot berildi
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026