Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa haqida rasmiy ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida YPX inspektori boshqaruvida bo‘lgan Lacetti xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 avgust kuni soat 15:30larda Chiroqchi tumani IIO FMB YHXB YPX inspektori A.Eldor o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan davlat raqami 70/803VSF bo‘lgan Lasetti mashinasi bilan xizmatga safarbar etilgan.
Xodim ushbu avtomashina bilan Chiroqchi tumani «Ko‘kdala» MFY, Xushali qishlog‘i yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida, o‘zi bilan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Chiroqchi tumani «Ko‘kdala» MFYda yashovchi fuqaro G.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Lasetti mashinasi oldi o‘ng tomoni bilan urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda har ikkala mashinada haydovchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan va hech kim tan jarohati olmagan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda E.Aliqulov xizmat kiyimida, hushyor holatda bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Chiroqchi tuman prokuraturasi mas'ul xodimlari tomonidan hodisa yuz bergan joy ko‘zdan kechirilib, protsessual rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026