Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada plastik chiqindilardan qurilgan muzey ochildi
Indoneziyada ekologlar plastik chiqindilardan ochiq osmon ostidagi muzeyni qurishdi. Muzey Gresik shahrida joylashgan bo‘lib, u 3 oy davomida barpo etilgan.
Uni qurishda 10 mingdan ko‘proq plastik chiqindi, jumladan plastmassa butilkalar, paketlar va somonchalardan foydalanilgan. Plastik chiqindilar ifloslangan daryolar va plyajlardan yig‘ilgan.
Muzeyni yaratishdan maqsad odamlarni o‘zlarining odatlarini o‘zgartirib, bir martalik paketlar va butilkalardan foydalanishdan voz kechishga undash hisoblanadi.
“Biz bir martalik plastikdan foydalanishdan to‘xtash uchun odamlarga ma'lumot bermoqchimiz. Bu plastmassalarni qayta ishlash juda qiyin. Bugungi kundan boshlab biz bir martalik plastikdan foydalanishni to‘xtatishimiz kerak, chunki ular oziqa manbayimiz hisoblangan okeanlarimizni ifloslaydi”, deb aytgan muzey asoschisi Prigi Arisandi.
Ta'kidlanishicha, plastmassa muammosi Indoneziyada o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mamlakat dengizga tushuvchi plastmassa miqdori bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinda turadi. Filippin va Vetnam bilan birga ushbu ikki davlat hissasiga dunyodagi barcha plastik chiqindilarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
18:35 / 17.04.2026
Inson tanasida plastik: haftasiga bitta bank kartasi “yeyayotganingizni” bilasizmi?
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026