Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Janub bilan harbiy liniya bo‘yicha aloqani tikladi
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan harbiy liniya bo‘yicha aloqani tikladi. Ushbu aloqa Pxenyan tomonidan 2020 yil iyunda uzib qo‘yilgandi.
Yonhap nashrining ma'lum qilishicha, aloqa mahalliy vaqt bilan soat 9da tiklangan. Pxenyan Seulning qo‘ng‘irog‘iga javob bergan va ikki davlat o‘rtasida 2 oy ichida birinchi suhbat bo‘lib o‘tgan.
Janubiy Koreya hukumati aloqa tiklangandan keyin Koreyalararo muzokaralar ham tez orada yana davom ettirilishiga umid bildirgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 30 sentyabrda parlamentning navbatdagi sessiyasidagi nutqida Janubiy Koreya bilan oktyabr boshida aloqa liniyasini tiklashga tayyorligini ma'lum qilgan.
Pxenyan Janubiy Koreyadagi nohukumat tashkiloti faollari tomonidan Shimolga tashviqot varaqalari biriktirilgan pufaklar uchirilganiga javoban 2020 yil 9 iyunda Seul bilan barcha aloqa liniyalarini uzib qo‘ygandi. Shimoliy Koreya ushbu xatti-harakatlarni ikki tomonlama kelishuvlarni buzuvchi dushmanona harakat deb baholangan. U javob tariqasida ikki davlat o‘rtasidagi aloqa ofisidagi barcha telefonlarni, jumladan harbiylar o‘rtasidagi aloqa liniyasini hamda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi “qaynoq” liniyani o‘chirib qo‘ygan. Keyinroq Shimol chegaradagi Keson shahrida joylashgan aloqa ofisini portlatib yuborgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi aloqa liniyalari 2021 yil iyul oxirida tiklangan, biroq avgustda Pxenyan Janubiy Koreya va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirayotganiga norozilik sifatida Seulning qo‘ng‘iroqlariga yana javob bermay qo‘ygan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026