«Guliston siti» quriladi
Sirdaryoda kelgusi besh yilda 10 ming xonadonli uy-joylar quriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz
“1,5 mingdan ziyod uy-joy kam ta'minlangan oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti bo‘yicha 60 milliard so‘mlik subsidiyalar beriladi. Jumladan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boshlang‘ich badal puli to‘lab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan ta'minlanadi.
Shuningdek, Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etiladi. Bu yerda 1 ming 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumta'lim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bog‘chasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.
Kelgusi besh yilda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82 foizdan – 90 foizga, kanalizatsiya qamrovi 14 foizdan – 40 foizga yetkaziladi. Buning uchun 1,8 trillion so‘m evaziga, 428 kilometr ichimlik suv va 57 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, 118 ta suv va 7 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etiladi. Natijada, 60 ming nafar aholi ilk bor suv bilan ta'minlanadi, 106 ming nafar aholining suv ta'minoti yaxshilanadi.
“Obod qishloq” va Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi besh yilda 110 ta qishloq va mahallada obodonlashtirish, ijtimoiy obektlar, ichki yo‘llar va infratuzilmani ta'mirlashga 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Bundan tashqari, keyingi uch yilda viloyatdagi 17 ta qishloq infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirishga 10 million dollar yo‘naltiriladi.
Viloyatda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida, kelgusi besh yilda 5 ming kilometr past va yuqori kuchlanishli tarmoqlar, 1 ming 100 ta transformator yangidan quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu ishlar hisobiga 420 mingdan ortiq aholi yashaydigan maskanlar obod qilinadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

20:04 / 18.04.2025