Ma'lum qilinishicha, Mixail Saakashvili qamoqxonada 12 kilogrammdan ortiqroqqa ozib ketgan.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining salomatligi yomonlasha boshladi. Bu haqda uning advokati Beka Basilaya ma'lum qildi.
«Uning ruhiy holati yaxshi, ammo jismoniy holati tabiiyki, yomonlasha boshladi», — dedi advokat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili qamoqxonada 12 kilogrammdan ortiqroqqa ozib ketgan.
Saakashvili 1 oktyabrda qo‘lga olingan bo‘lib, Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgandi. U Gruziyada bir nechta jinoyat ishlari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Saakashvili ayblovlarga norozilik sifatida qamoqxonada ochlik e'lon qildi.