Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/ gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.