Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, voqea 8 oktabr kuni soat 15:00 larda R-263 Uychi aylanma yo‘lining 7-kilometrida yuz bergan. Shu tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan, 2007 yilda tug‘ilgan bola otasining Nexia’sini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Matiz’da bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Matiz va Nexia haydovchilari hamda Nexia’da bo‘lgan 35 yoshli yo‘lovchi miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi
09:14 / 19.12.2025