Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi - «O‘zgidromet»
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha birinchi kuz yomg‘iri yog‘di va haroratning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va ertaga respublika sovuq antitsiklon ta'siri ostida bo‘ladi. Sovuq havo asosan tungi haroratga ta'sir qilib, 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni havo harorati 18-20 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktyabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me'yoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja issiq atrofida, janubda 25 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. 12-13 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:05 / 13.06.2026