O‘zbekiston | 10:34 / 11.10.2021
2831
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda Cobalt avtobus bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qoraqalpog‘istonlik haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi avtobusning orqasidan borib urgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 5 oktabr kuni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 974-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Nukus shahrida yashovchi haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi Buxoro viloyatidan Toshkentga ketayotib yo‘l chetida to‘xtab turgan avtobusga borib urilgan. Oqibatda Cobalt mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Cobalt haydovchisi mashinani boshqarib ketayotib uxlab qolgan va natijada boshqaruvni yo‘qotgan.

Mavzuga oid