O‘zbekiston | 08:07 / 11.10.2021
4313
1 daqiqa o‘qiladi

Sentyabr oyida kartoshka narxi 7,8 foizga qimmatlashdi

Foto: KUN.UZ

Kartoshka narxi bir oyda o‘rtacha 7,8 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, kartoshkaning iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,8 foizga oshgan.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, kartoshka narxlari sentyabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 5,3 foizga arzonlashgan.

2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.

Avvalroq, bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxi e'lon qilingandi.

Unga ko‘ra, kartoshkaning 1 kilogrammi narxi 2500 - 6000 so‘mni tashkil qildi. 

Mavzuga oid