Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi
Joriy yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021 yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.
O‘zgarishga ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi, joriy yil 20 oktyabrdan boshlab yangi jadval asosida soat 18:50 da jo‘naydi. Shuningdek, joriy yil 21 oktyabrdan Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.
Ma'lumot uchun, hozirda 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan soat 09:00 da, Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 17:04 da jo‘namoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026