Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Men ham bir shifokorning 5 nafar farzandidan biriman – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida oddiy shifokorning 5 nafar farzandidan biri ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Toshkent viloyati ahli bilan ochiq muloqot qilgani keldim. Men ham lavozimimga qaramay bir insonman. Oddiy shifokorning 5 nafar farzandidan biriman. Prezident bo‘lsamda, haligacha oyog‘im yerdan uzilgani yo‘q. Qishloqqa borib turaman, barcha vaziyatdan xabardorman.
Hozir siz bilan Toshkent viloyatining taraqqiyoti bo‘yicha 5 yillik dasturni muhokama qilamiz. Bu masalada faollik bo‘yicha sizlar boshqa viloyatlarga o‘rnak bo‘lishlaringizni istayman”, – dedi nomzod yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026