Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi saylovni yoritadigan jurnalistlarga guvohnoma haqida eslatdi
Saylov jarayonlarida OAV vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat va MSK bergan guvohnomani yonida olib yurishi, vakolatli shaxslar talabi bilan ularni ko‘rsatishi shart.
Saylov kodeksiga ko‘ra, OAV vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, shu jumladan, saylov kuni ovoz berish binolarida bo‘lish, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqlariga ega.
Buning uchun OAV vakilida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjat bo‘lishi kerak. Bu – uning akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomadir, deya eslatdi adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva.
“OAV vakillari saylov jarayonlarida o‘ziga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnomani hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi, vakolatli shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi shart”, – deyiladi eslatmada.
Saylovni yorituvchi OAV vakillarini akkreditatsiyalash masalasi “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan tartibga solinadi.
Mavzuga oid
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
21:35 / 20.04.2026