O‘zbekiston | 22:45 / 23.10.2021
14573
2 daqiqa o‘qiladi
Saylov uchun MSKga ajratilgan 300 mlrd so‘m qanday taqsimlangani ma'lum qilindi
Mablag‘ning qariyb 90 foizi saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan. 5 foiz mablag‘ siyosiy partiyalarga (har biriga 3,1 mlrd so‘mdan) taqsimlangan.
“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.
MSK axborotiga ko‘ra, bu mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:
- okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun umumiy mablag‘ning 89 foiz miqdorida yoki 267,6 mlrd so‘m;
- beshta siyosiy partiyalarning saylovda ishtirokini moliyalashtirish uchun 5 foiz miqdorida yoki 15,5 mlrd so‘m, har bir siyosiy partiya uchun 3,1 mlrd so‘mdan;
- Markaziy saylov komissiyasi tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan xarajatlar uchun 4 foiz miqdorida yoki 10,5 mlrd so‘m;
- boshqa davlat organlari tomonidan saylov jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar xarajatlariga 2 foiz miqdorida yoki 6,4 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
21:49 / 08.11.2024