Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:33 / 23.10.2021
5480
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda korrupsiya tarqalganlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya tarqalganlik darajasini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Foto: Getty Images
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari, tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiya tarqalganlik darajasini baholash uslubiyoti tasdiqlanadi:
- keng aholi qatlami, tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish;
- so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlash.
Baholash natijalari asosida:
- korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan davlat organlari va hududlar ro‘yxati shakllantiriladi;
- baholash natijalari har yili 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritiladi;
- baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga baholash natijalari asosida quyidagilar tavsiya qilindi:
- korrupsiyaning tarqalganlik darajasi yuqori bo‘lgan davlat organlari va hududlarda korrupsiya xavfini minimallashtirishga qaratilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqish;
- korrupsiya manbai bo‘lgan yoki unga xizmat qiladigan lavozimlar ro‘yxatini tuzish, davlat organlari tomonidan mazkur lavozimlardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini baholanishini va xavf-xatarlarni minimallashtirish choralarini ko‘rilishini ta'minlash;
- qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini birxillashtirish, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, nazorat va javobgarlikni kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish