Shavkat Mirziyoyev: “Orqaga yo‘l yo‘q: O‘zbekiston faqat olg‘a yuradi”
O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylov natijasi e'lon qilingach, O‘zLiDeP shtabida nutq so‘zladi. U so‘z avvalida yana bir bor ishonch bildirgani uchun xalqqa minnatdorlik bildirdi.
“Aziz va muhtaram vatandoshlarim, aziz partiyadoshlarim! Albatta, har bir insonning hayotida juda bir hayajonli damlar bo‘ladi, mening hayotimda ham hozir shunday daqiqalar... Mana shunday buyuk, jonajon xalqim menga ishonch bildirgani uchun yana bir marta xalqimga, farzandlarimga, munis onalarimga, nuroniy oqsoqollarimizga meni duolar qilib, bugungi g‘alabaga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ta'zim qilib, rahmat demoqchiman”, – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev saylovdagi davomat 80 foizdan oshgani xalqning o‘z kelajagiga befarq emasligini anglatishi, ushbu siyosiy jarayon “dunyo tan olgan” Saylov kodeksi asosida o‘tganini qayd etdi.
“Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz besh yil oldingi xalq emas. Eng katta yutuqlarimizdan biri – emin-erkin, o‘zimiz o‘z qo‘limiz bilan, shijoatli mehnatimiz bilan ertangi kunimizga befarq emasligimizga yana bir marta butun dunyo hamjamiyatini ishontirdik.
Bir narsani har safar aytdim, hozir ham aytaman: endi orqaga yo‘l yo‘q, O‘zbekiston faqat olg‘a yuradi!” – dedi saylangan prezident.
Prezident shuningdek, jurnalistlarga alohida rahmat aytdi.
«Fursatdan foydalanib bir narsani ta'kidlamoqchiman – so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonimiz ommaviy axborot vositalari butunlay o‘zgardi. Ayniqsa, so‘nggi oylardagi qizg‘in saylov kampaniyasi davomida vaziyatni xolis yoritib bordilar, kerak joyda tanqid qildilar.
Men mana shu onlarda ommaviy axborot vositalari xodimlari, aziz jurnalistlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman», deya Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025