Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p qaysi davlatlarga sotayotgani aytildi
2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati 624,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 9 oyida meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlat Qozog‘iston bo‘lib turibdi – 483 ming tonna.
Meva va sabzavotlar eng ko‘p sotilgan davlat ro‘yxatida keyingi o‘rinlardan Rossiya (289 ming tonna), Qirg‘iziston (100 ming tonna) va Xitoy (40 ming tonna) joy oldi.
Shuningdek, eksport ro‘yxatida Ukraina (26 ming tonna), Afg‘oniston (23 ming tonna), Turkmaniston (21 ming tonna), Pokiston (19 ming tonna), Belarus (11 ming tonna), Turkiya (9 ming tonna), Ozarboyjon (6 ming tonna), Eron (6 ming tonna) hamda Germaniya (3,4 ming tonna) bor.
Mavzuga oid
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
14:36 / 12.01.2026
Oliy ta’lim xizmatlari ta’lim bozorining deyarli yarmini egalladi
13:46 / 12.01.2026
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
12:23 / 12.01.2026