Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan «Lasetti» haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB ma'lumot e'lon qildi.
27 oktyabr kuni taxminan soat 00:10larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasidagi «Hosilot» mehmonxonasi yaqinida «Lasetti» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan, 1996 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvni yo‘qotgan.
Xabarda aytilishicha, «Lasetti» yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1964 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi «Mersedes-Bens» avtobusi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida «Lasetti» haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026