O‘zbekiston | 08:13 / 29.10.2021
5438
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochiladi 

Joriy yil 27 oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 22-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

Yig‘ilish O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraisligida o‘tkazildi

Kun tartibi doirasida ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorligi kabi keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil 1 oktabr kuni VGIK (Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti) filiali ochildi.

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

Yaqin kelajakda yana ikkita universitet Kosigin nomidagi Dizayn universiteti va texnologiya universiteti hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining filiallari ochilishi kutilmoqda. Shu nuqtayi nazardan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va taraqqiyot sohasidagi hamkorlik qilish hamda ta'lim forumi, media-forum, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va boshqa qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

Uchrashuv yakunida tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid