Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiya va AQShni Suriya bo‘yicha bergan va'dalarini bajarmaslikda aybladi
Avvalroq Turkiya Suriya hududida ikkita operatsiya o‘tkazishni rejalashtirgani ma'lum bo‘lgandi.
Rossiya va AQSh kurd guruhlarini Suriya ichkarisiga olib ketish bo‘yicha bergan va'dalarini bajarmadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li CNN Türk telekanali efirida aytdi.
«AQSh va Rossiya Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchilarini Suriyaning 30 kilometr ichkarisiga olib ketishi kerak edi. Ular hozirga qadar va'dalarini bajarmadi. Biz va'da bersak, so‘zimizda turamiz. Shartnoma imzolagach, talab qilingan narsani bajaramiz. Ammo na Rossiya, na AQSh — buni ochiq aytaman — so‘zida turdi. Aksincha, AQSh bu kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi», — dedi u.
Avvalroq Turkiya Suriya hududida ikkita operatsiya o‘tkazishni rejalashtirgani ma'lum bo‘lgandi.
Suriya axborot agentligining xabar berishicha, Turkiyaning qo‘shimcha harbiy kuchlari Ras Al-Ayn shahriga yetib kelgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, hududga turli harbiy texnikalar keltirilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026