Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston transafg‘on temir yo‘lini Rossiya bilan hamkorlikda quradi
O‘zbekistonning dengizga chiqishini ta’minlashga qaratilgan «Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning boshqaruv raisi va «Rossiya temir yo‘llari» OAJ bosh direktorining o‘rinbosari ishtirokidagi uchrashuvda aytilgan.
Muzokaralar davomida, shuningdek, Rossiyaning «Rosjyeldorproyekt» AJ tomonidan sun’iy yo‘ldosh yordamida temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab yuqori aniqlikdagi raqamli tasvirlarni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
«Tomonlar yuqoridagi ishlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida loyiha-tadqiqot institutlari o‘rtasida mavjud texnik parametrlar va kartografik materiallarni almashishga hamda birgalikdagi sa’y-harakatlarni tashkil etishga kelishib olishdi. Shuningdek, tomonlar transafg‘on yo‘nalishi bo‘ylab kelajakda tashilishi mumkin bo‘lgan yuk hajmlarini hisoblab chiqib, har bir yo‘nalishning o‘ziga xos «afzalliklari» va «kamchiliklari»ni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tayyorlab afg‘on tomoniga taqdim etishga kelishib olindi», – deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, Afg‘oniston tomonidan bildirilgan qiziqishni e’tiborga olib, kelajakda Afg‘oniston temir yo‘llari ma’muriyatining Hamdo‘stlik mamlakatlari temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashiga qo‘shilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Erishilgan kelishuvlarga asosan, yaqin kunlarda Afg‘oniston, O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l ma’muriyatlarining rahbariyatlari ishtirokida uch tomonlama videokonferensiya orqali uchrashuv tashkillashtiriladi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026