Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda poyezddan temir sharlarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqandda poyezddan temir sharlarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlangan va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil sentyabr oyida Maroqand-Navoiy yo‘nalishidagi yuk poyezdi «Nurbuloq» temir yo‘l bekatida to‘xtagan vaqtida, usti ochiq vagonga ortilgan 1 410 dona, qiymati 17 million 693 ming so‘m bo‘lgan temir sharlar noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘rilikni Nurobod tumanida yashovchi P.A., A.T. hamda T.O. sodir etgani aniqlangan. A.T.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1 410 dona temir shar borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan P.A., A.T. hamda T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
08:56 / 30.03.2026