Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand köçalaridan birida treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yölni tösib qöygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, «Özbekiston temir yöllari» AJ tomonidan Toşkent şahridan Samarqand temir yöl texnikumiga öquv amaliy maşğulotlar ötkaziş uçun 1 ta yölovçi va 1 ta yuk vagonlari temir yöl orqali yuborilgan.

Temir yöl texnikumgaça bormagani sababli vagonlar kötarma kran orqali maxsus yuk maşinalariga ortilib, manziliga yuborilgan.

Öquv vagonlarini maxsus yuk maşinalariga ortiş tadbiri viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda amalga oşirilgan va vagonlar Samarqand temir yöl texnikumiga olib borilgan.

Qayd etilişiça, vagonlarni olib boriş davomida xavfsizlik qoidalariga töliq rioya qilingan. Jarayonda heç qanday köngilsiz hodisalar röy bermagan.