Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada mamlakat shimolidagi vaziyat sababli favqulodda holat rejimi kiritildi
Efiopiya hukumati mamlakat shimolidagi Amxara shtatidagi Dessiye va Kombolcha shaharlari tigraylik ayirmachilar tomonidan egallab olingani sababli favqulodda holat rejimini e'lon qildi.
“Al-Jazira” telekanalining xabar berishicha, poytaxt Addis-Abeba aholisiga keyingi 2 kun davomida o‘zidagi qurolni ro‘yxatdan o‘tkazish va poytaxtni himoyalashga tayyor turish lozimligi uqtirilgan.
Dessiye va Kombolcha shaharlari Addis-Abebadan 400 km shimolda joylashgan bo‘lib, ular uchun hukumat qo‘shinlari va “Tigrayni ozod qilish xalq fronti” kuchlari orasida to‘qnashuvlar bormoqda.
Avvalroq ayirmachilar Kombolcha shahrida 100 dan ko‘proq yoshlarni o‘ldirgani ma'lum qilingandi.
1991 yildan 2018 yilgacha Efiopiyada hukmron pozitsiyalarga ega bo‘lgan “Tigrayni ozod qilish xalq fronti” hozirgi bosh vazir Abiy Ahmad hokimiyat tepasiga kelgandan keyin muxolifatga aylangan. Front federal hukumatdan Tigray shtati ishlariga aralashmaslikni talab qilgan va 2020 yil sentyabrda mahalliy saylovlarni o‘tkazgan. Biroq Efiopiya hukumati ularni noqonuniy deb atagan. 2020 yil noyabrdan beri shtatda hukumat kuchlari va ayirmachilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:16 / 03.01.2026
Maduro favqulodda holat joriy etish haqida farmon chiqargani aytilmoqda
14:48 / 10.09.2025
Efiopiya Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyani ishga tushirdi
08:01 / 08.08.2025
Efiopiya yo‘lovchi samolyotlarini Rossiyaga ijaraga berishdan bosh tortdi
13:43 / 07.08.2025