O‘zbekiston va Qozog‘iston maxsus kuchlari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonidan «Qalqon-2021» maxsus kuchlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
«Gvardiya garnizonida Qozog‘iston va O‘zbekiston qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining «Qalqon-2021» qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlarda 40dan ortiq zirhli va avtomobil texnikasi, o‘nta aviatsiya texnikasi va dronlardan foydalanmoqda. Mashg‘ulotlar davomida respublikalar qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari qo‘shma maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha bitta taktik otryad tarkibida ishlaydi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu harbiy mashg‘ulotlar maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qo‘mondonlik-nazorat organlari hamda bo‘linmalari harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan. Qayd etilishicha, mashqlar maxsus kuchlar bo‘linmalari shaxsiy tarkibining malakasi va kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining «Qalqon-2021» qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari 2021 yil 5 noyabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shma mashg‘ulotlar haqida hozircha ma'lumot bermagan.
Mavzuga oid
07:55 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
10:30 / 11.09.2024
Rossiya ikki okean va uchta dengizda harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
11:22 / 31.05.2024
NATO sovuq urush davridan keyingi eng yirik mashg‘ulotlarini yakunlayapti
10:01 / 17.04.2024