Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan mashina haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 oktyabr kuni soat 6:45 larda A380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining Muborak tumani hududidan o‘tgan 150-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Sh. Lacetti mashinasi bilan harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda Y.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha haydovchi mashina harakatlanib ketayotganda uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026