Jamiyat | 15:46 / 27.08.2021
2231
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda «Ford» va «Kamaz» to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida «Ford» mini avtobusi «Kamaz» tirkamasiga urilgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. «Ford» haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, bugun 27 avgust kuni tongi soat 4:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1306-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Ford» rusumli mini avtobus o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Kamaz» yuk mashinasining tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda, «Ford»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasiga «Ford» haydovchisining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Uning boshqaruv paytida uxlab qolgani taxmin qilinmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid