Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda tez yurgan Nexia savdo do‘koniga borib urildi. Haydovchi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlangan Nexia savdo do‘koniga borib urilgan. Oqibatda uning haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 iyul kuni A-378 Samarqand-G‘uzor xalqaro avtomobil yo‘lining Qamashi tumani Uzun mahallasi hududidan o‘tgan 126-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Qayd etilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.E. ishonchnoma orqali boshqarib kelgan Nexia mashinasi bilan harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘l chetida joylashgan savdo do‘koniga borib urilgan. Zarba kuchli bo‘lgani tufayli savdo do‘konining devori yiqilib tushgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea yuz bergan joyda vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlangan va yo‘lning burilish joyiga kelganda boshqaruvni yo‘qotgan. Hozirda hodisa yuzasidan Qamashi tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026