Telegram reklama postlarni sinovdan o‘tkazdi
Telegram messenjeri ilk reklama postini sinovdan o‘tkazdi. 26 oktyabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e'lon qilgan edi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi.
Ilk sinov reklamasi rus tilida yuritiluvchi bir nechta kanallarda paydo bo‘lgan: «Telegram'da reklama postlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bunga nima deysiz?», deb yozildi postda. Birinchi reklama posti Pavel Durovning kanaliga olib borgan. Sinovni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin — Durovning kanaliga bir soat davomida 17 ming kishi qo‘shilgan.
Reklama postlar o‘zi ham reklama berib pul ishlaydigan va mingtadan ko‘proq o‘quvchiga ega kanallarda joylanadi. Reklama postlar doimiy ko‘rinmaydi va ma'lum vaqtdan keyin o‘chib ketadi. Reklama postida «homiylik qilingan» yozuvi bo‘ladi. Telegram shu tariqa messenjerning iqtisodiy tang ahvolga tushib qolmasligini ta'minlamoqchi.
Mavzuga oid
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024