Foto: Toshkent metropoliteni ish boshlaganiga 44 yil to‘ldi
Bundan 44 yil ilgari, 1977 yil 7 noyabrdan boshlab Toshkent metrosida poyezdlar qat'iy jadval asosida harakatlanishni boshlagan.

Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen
Toshkent metrosining qurilishi 1971-1972 yillarda boshlangan. 1977 yilda birinchi yo‘nalish – “Chilonzor” ishga tushiriladi. Uzunligi 12,2 kilometrli, bekatlari soni 9 ta bo‘lgan mazkur liniyaning ochilishi o‘sha davr shahar aholisi uchun katta yangilik edi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 80-yillarida Toshkent aholisi 1,5 million kishidan oshgan, shaharda transport muammosi paydo bo‘lgandi. Markaziy Osiyoda birinchi bor poytaxtimizda qurilgan metropolitenning “Chilonzor” yo‘li ana shu muammo yechimlaridan biri bo‘lgan va yirik tumanni shahar markazi bilan bog‘lagan.

Foto: Viktor Fesenko / mytashkent.uz
Oradan ko‘p o‘tmay (1980 yilda) ushbu yo‘nalishning ikkinchi bosqichi ham foydalanishga topshirilgan.
1984 yilda metroda navbatdagi yangi yo‘nalish – “O‘zbekiston” ochilgan. Uning ikkinchi qismi esa 1992 yildan to‘liq ishga tushirilgan.

Foto: Vikipediya
2001 yil oktyabr oyida “Yunusobod” yo‘nalishining birinchi uchastkasi, uzunligi 7,5 kilometr bo‘lgan oltita stansiya foydalanishga topshirildi. 2020 yilda mazkur yo‘nalishda yana ikkita bekat ochildi.


Foto: Sputnik

Foto: Elke Wetzig / Vikipediya
2020 yil 30 avgust kuni yangi yerusti halqa metro yo‘nalishining birinchi bosqichi (7 ta bekat) ishga tushirildi.
Shuningdek, 2020 yil 26 dekabrda 5 ta bekatdan (6-chisi qurilishda) iborat “Sergeli” yerusti yo‘nalishi ishga tushirildi va bu “Chilonzor” metro yo‘nalishining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda Toshkent metrosida 5 ta yo‘nalish: “Chilonzor”, “O‘zbekiston”, “Yunusobod”, “Mustaqillikning o‘ttiz yilligi” (yerusti halqa) va “Sergeli” yerusti yo‘nalishi mavjud.



2020 yilda metroning 14 ta yangi bekati, 20 kilometrdan ortiq yo‘llari foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda metropoliten yo‘lining umumiy uzunligi 59,05 kilometrni, bekatlar soni 43 tani tashkil etadi.
2022 yilda uzunligi 11 kilometr bo‘lgan yana 7 ta yer usti bekat ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

18:10 / 25.03.2025