Mashinani teskari boshqargan Lasetti haydovchilari jarimaga tortildi
Qoidabuzar haydovchilarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima to‘laydi.
Internetda Toshkent ko‘chalarida ikki “Lacetti” haydovchisi mashinasini orqamachasiga boshqarib, o‘zlari va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygani aks etgan video tarqalgan va bu holat jamoatchilikning e'tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, 4 noyabr kuni tarqalgan video o‘rganilib, qoidabuzar haydovchilar topilgan va ularga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
“Har ikki haydovchi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1285-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) hamda 127-moddasi (Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish) talablarini buzishgan. Shu sababli har ikki avtomobil jarima maydoniga olib ketilgan. Bundan tashqari, sodir etgan qoidabuzarliklari uchun haydovchilarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (2 700 000 so‘m) miqdorida jarima solindi”, deya Toshkent shahar YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, 8 noyabr kuni kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida ushbu qoidabuzarlik va uning sabablari jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etilgan.
Mavzuga oid
14:04 / 03.10.2024
Jahongir Otajonov o‘z avtomobilida 195 km/soat tezlikda harakatlandi
19:10 / 24.09.2024
Toshkent markazida Tahoe’ni yuqori tezlikda haydagan bokschi jarimaga tortildi
12:01 / 24.09.2024
Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent markazida Tahoe’da 110 tezlikda harakatlandi
16:02 / 29.08.2024