O‘zbekiston | 10:29 / 09.11.2021
3451
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi

Prezidentning “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.

Foto: ITSV matbuot xizmati

Qaror loyihasi Turkmaniston prezidentining joriy yil 4-5 oktabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan hukumatlararo bitimlar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur loyiha bilan Toshkent shahrida 2021 yil 5 oktabr kuni imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Turkmaniston hukumati o‘rtasida tovar aylanmasini ko‘paytirish va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirish to‘g‘risidagi bitim hamda O‘zbekiston hukumati bilan Turkmaniston hukumati o‘rtasida O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi – savdo markazi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi orqali Toshkent shahrida 2021 yil 5 oktabr kuni imzolangan yuqoridagi hukumatlararo bitimlar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralari amalga oshiriladi hamda bitimlarni qo‘llash uchun zamin yaratiladi. Ikki mamlakat tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida barter asosida tovarlar savdosini yo‘lga qo‘yish, O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid