09:48 / 10.11.2021
1394

Haydovchining xatosi uning o‘limiga sabab bo‘ldi

Chortoqda VAZ-2101 haydovchisining mumkin bo‘lmagan joyda burilishi ayanchli YTHga sabab bo‘lgan, bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bergan.

6 noyabr kuni soat 12:00 larda, Chortoq tumani «A.Navoiy» MFY hududida, Chortoq tumanida yashagan, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2101 mashinasini boshqarib borayotib, burilish mumkin bo‘lmagan joydan yo‘lning chap tomoniga buriladi. So‘ngra qarshisidan harakatlanib kelayotgan Gentra mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, VAZ-2101 haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi chap bo‘yin sohasining lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top