O‘zbekiston | 07:48 / 11.11.2021
7296
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: AFP

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari ayrim hududlarida ta'mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida  11 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Ustabayeva, Turon, Jasorat, Sho‘rtepa ko‘chalaridagi 425ta xonadonda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste'molchilarida gaz bo‘lmaydi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Bog‘ibo‘ston, 2-berk S. Nasafiy, Xushtepa, Yakkasaroy ko‘chalaridagi 208ta yerli, U. Nosir ko‘chasidagi 30ta ko‘p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 25ta ulgurji iste'molchilarda gaz o‘chiriladi.

Yashnobod tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha Maxtumquli ko‘chasidagi 14ta ko‘p qavatli uylardagi 1008ta xonadonlarda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid