Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozida aybdor emasligini aytdi
Foto: dailyadvent
Belarus va Polsha chegarasidagi migratsiya inqiroziga Anqaraning aloqasi yo‘q va yuz berayotgan hodisada o‘zini aybdor deb tan olmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
“Biz Turkiyani Yevropa ittifoqi chegaralariga migrantlarni tashlashga aloqadorlikda ayblashga barcha urinishlarni rad etamiz”, deb aytilgan vazirlikda va mamlakat 4 millionga yaqin suriyalik muhojirga boshpana berganligi qo‘shimcha qilingan.
Vazirlikda Turkish Airlines aviakompaniyasiga bildirilgan ayblovlarga shunday javob berilgan. Avvalroq bir qator g‘arb ommaviy axborot vositalarida Turkish Airlines Belarus hukumati bilan hamkorlik qilayotganlikda va respublikaga migrantlarni yetkazayotganlikda ayblangan. Biroq aviakompaniya chegaradagi holatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ham ushbu ayblovlarni rad etgan. Anqara hattoki Varshavaga Turkiyaga mamlakatning ushbu vaziyatga aloqadorligini tekshirish uchun maxsus komissiyani yuborishni ham taklif qilgan.
Ayni vaqtda Belarus va Polsha chegarasida minglab migrantlar yig‘ilib, Yevropa ittifoqi hududiga o‘tishga urinmoqda.
Mavzuga oid
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
22:42 / 28.04.2026