Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Obnal ishi» bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sudda tadbirkor yutib chiqdi
Qashqadaryoda «Obnal ishi» bo‘lib o‘tgan sudda tadbirkor yutib chiqqan. Sud viloyat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorga hisoblangan QQSni nohaq deb topgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Shahrisabz shahrida faoliyat yurituvchi “Orzu” xususiy korxonasi (nomi o‘zgartirilgan – Kun.uz) Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslaridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsman devoniga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan xususiy korxonaning 2020 yil davomida tadbirkorlar bilan tuzgan 7 ta shartnomasi ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgani aytilgan. So‘ng korxonaga ushbu shartnomalar asosida hisobga olingan 128 million 512 ming 179 so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini to‘lash talabi bildirilgan.
“Orzu” xususiy korxonasi viloyat soliq boshqarmasining ushbu harakatidan norozi bo‘lib, 7 ta shartnomaning ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilmaganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan. Lekin soliq boshqarmasi tomonidan ushbu hujjatlarga e'tibor berilmasdan, korxona hisobraqamidan 24 million 30 ming so‘m yechib olingan.
Soliq kodeksining 14-moddasida huquqni suiiste'mol qilishning, bitim qalbakiligining (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilganining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qo‘llash soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchi norozi bo‘lgan taqdirda esa soliq organlarining da'vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan “Orzu” xususiy korxonasi manfaatida Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasining harakatlarini qonunga xilof deb topish to‘g‘risida sudga ariza kiritilgan.
Qarshi tumanlararo ma'muriy sudining joriy yil 8 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan soliq kodeksining yuqorida qayd qilingan talabi e'tirof qilinib, Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasining xususiy korxonaga nisbatan 128 million 512 ming so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bilan bog‘liq harakatlari qonunga xilof deb topilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026