2021 yilning fevral oyida soliq organlari tomonidan köplab tadbirkorlarning şaxsiy kabinetiga QQS böyiça hisobga olingan summalar bekor qilingani töğrisida xabarnoma jönatildi. Şundan söng, soliq tölovçilarning QQS böyiça şaxsiy hisobvarağiga soliqlar hisoblandi.

Buning ortidan köplab tadbirkorlar va soliq organlari örtasida sudlaşuvlar boşlanib ketdi. 2021 yilning dastlabki 3 oyida birgina Toşkent şahrining özida soliq organlari ustidan berilgan 15ta ariza ma'muriy sudlar tomonidan qanoatlantirildi.

Tahririyatga murojaat qilgan «B.» MÇJ vakili esa xuddi şu mavzudagi arizasi iş ma'muriy sud sudloviga taalluqli emas deb topilgani sababli iş yuritişdan tugatilganidan noroziligini bildirdi.

Ma'lum bölişiça, 2021 yil 10 fevral kuni Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi tomonidan jamiyat bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzgan, deb hisoblangan va QQS böyiça hisobga oliş bekor qilingan. Jamiyat esa uşbu holat böyiça Toşkent tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilib, arizasida javobgar Toşkent şahar Davlat soliq boşqarmasi yuqoridagi harakatni Soliq kodeksining 14- va 266-moddalari talabiga zid ravişda, dalil-isbotsiz holatda amalga oşirgan deb hisoblaşini va suddan bu harakatni qonunga xilof deb topib, javobgar zimmasiga özining yuqoridagi harakatini bekor qiliş majburiyatini yuklaşni söragan.

Sud esa özining 2021 yil 4 maydagi ajrimi bilan şikoyat böyiça yuritilgan işni ma'muriy sud sudloviga taalluqli emas deb topib, iş yuritişdan tugatadi.

Şu örinda qaysi işlar ma'muriy sud sudloviga taalluqli, degan savol tuğiladi.

Ma'lumki, Ma'muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning 27-moddasida ma'muriy sud davlat boşqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oşirişga vakolatli bölgan boşqa organlarning, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining va ular mansabdor şaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik şaxslarning huquqlarini va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolaşiş töğrisidagi işlarni hal qilişi belgilangan.

Şuningdek, Oliy Sud Plenumining 2019 yil 24 dekabrdagi «Ma'muriy organlar va ular mansabdor şaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qiliş töğrisidagi işlarni körib çiqiş böyiça sud amaliyoti haqida»gi qarorining