Jamiyat | 16:28 / 13.11.2021
2457
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda YPX mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Bugun 2021 yil 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida YPXga tegishli xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, bugun 2021 yil 13 noyabr kuni soat 09:25 larda Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasida YPXga tegishli xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YPX xodimi Q.Bahromovga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat mashinasi hamda haydovchi D.X. boshqaruvidagi Nexia mashinasi o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid