Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX mashinasi piyodalar yo‘lakchasida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan Damas’ning ortidan borib urdi
Joriy yil 1 oktabr kuni Kun.uz’da IIV YHXBB ma'lumotiga asoslanib Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida YPXga tegishli Lacetti Damas bilan to‘qnashgani haqida xabar berilgandi. Mazkur voqeaning yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, YPX mashinasi piyodalar yo‘lakchasida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan Damas mashinasining ortidan borib urgan. Oqibatda Damas piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 30 sentabr kuni G‘uzor tumanida YPXga tegishli Lacetti mashinasi va Damas mashinasining o‘zaro to‘qnashuvi aks etgan video tarqaldi. Videoda tasvirlanishicha, Damas mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ikki nafar fuqaroni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan. Shu payt YPX xodimi Sh.Niyozov boshqaruvida bo‘lgan Lacetti mashinasi Damas’ning ortidan zarb bilan borib urilgan va uni bir necha metrga surib ketgan. Oqibatda Damas piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan.
Mazkur hodisa haqida IIV YHXBB e'lon qilgan xabarda mazkur hodisa piyodalar yo‘lakchasi oldida sodir bo‘lgani, unda Damas yosh bolani urib yuborgani va bunga YPX xodimining e'tiborsizlik bilan qoidalarni qo‘pol tarzda buzgani sabab bo‘lgani haqida hech narsa deyilmagan.
Bundan tashqari, o‘sha xabarda jabrlanuvchi yosh bolaning holati haqida ham ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026