Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi yong‘inda halok bo‘lganlar o‘zbekistonliklar ekani tasdiqlandi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskva oblastidagi yong‘inda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi.
Moskva viloyatining Solnechnogorsk shaharchasidagi mehnat migrantlari yashaydigan turar joyda 13 noyabrda sodir bo‘lgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘lgani 2 kishi jarohat olgani, ular o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu xabarni tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, Moskva shahridagi vakolatxona ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan aloqa o‘rnatdi.
Yong‘in oqibatida ushbu vaqtincha turar joyda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.
Hozirda vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan va ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari (1969 yilda tug‘ilgan Sh.A., 1998 yilda tug‘ilgan E.U., 1987 yilda tug‘ilgan Sh.K. va 1998 yilda tug‘ilgan A.R.) ekani aniqlangan.
«Ushbu holat nazoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda», deyilgan agentlik xabarida.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026