Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani bo‘yicha sudlanadi
Tbilisi sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani bo‘yicha sud majlisini 16 noyabrga belgiladi. Bu haqda Saakashvilining advokati Beka Basilaya ma'lum qildi.
Basilayaning ta'kidlashicha, Saakashvili sud majlisida shaxsan ishtirok etishi noma'lum. U sobiq prezident sudga yetkazilmasligi mumkinligini aytgan.
14 noyabrda Saakashvili davlat mablag‘larini sarflab yuborish bo‘yicha sud majlisiga qo‘yilmagan. Bunday qaror siyosiy partiyalar vakillari sobiq prezidentning turmadan sudga yetkazilishiga xalaqit qilishi mumkinligi xavotiri sababli qabul qilingan.
Saakashvili Ukrainadan Gruziyaga kelgandan keyin 1 oktyabrda hibsga olingandi. U Gruziya chegarasini yashirincha kesib o‘tgan.
Sobiq prezident o‘z vatanida bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining do‘pposlanishi ishlari bo‘yicha 3 va 6 yillik qamoq jazolariga mahkum qilingan. U, shuningdek, 2007 yil 7 noyabrda muxolifat namoyishini tarqatish, “Imedi” telekompaniyasini ostin-ustun qilish va davlat mablag‘larini sarflab yuborish ishlari bo‘yicha ayblanuvchi sifatida o‘tmoqda. Hozirda ushbu ishlar sudda ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025