O‘zbekiston | 07:31 / 16.11.2021
22364
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zdonmahsulot» tugatiladi

Foto: Yandeks

Prezident “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

2021 – 2022 yillarda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarini g‘allachilik klasteri tashkil etish taklifini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga sotish uchun baholash va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik shartida ochiq savdolarga qo‘yish;

“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga tegishli 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning soliq va Jamg‘arma oldidagi qarzdorligini (ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obektni o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish va to‘liq modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Bunda, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda obektlar “O‘zdonmahsulot” AKdagi davlat ulushi va “O‘zdonmahsulot” AKning don korxonalaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tadbirkorlik sub'yektlariga sotilgandan so‘ng, “O‘zdonmahsulot” AKni belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid