Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda avtoturargohda turgan mashinada yong‘in yuz berdi
Samarqand shahar Narpay ko‘chasida avtoturargohda turgan Volvo-940 yengil mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 17 noyabr kuni soat 13:54 da viloyat FVBga Samarqand shahar Narpay ko‘chasida joylashgan avtoturargohda to‘xtab turgan Volvo-940 yengil mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan. Yong‘inga qarshi kurash bo‘linmasi soat 13:57 da yong‘in yuz berayotgan joyga yetib borgan, soat 14:08 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida mashinaning motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Hodisada hech kim vafot etmagan va jabrlanmagan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, mazkur yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:19 / 06.06.2026
Navoiyda mehmonxona oshxonasi yonib ketdi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026