O‘zbekiston | 16:31 / 17.11.2021
41353
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ifloslangan qor yog‘ishining sababi ma’lum qilindi

Toshkentda ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi “O‘zgidromet”. Kun.uz muxbiri g‘uborli qorga burkangan shahar manzarasida kun mavzusi haqida so‘z yuritdi.

17 noyabr kuni Toshkent shahrida tarkibida chang zarralari bo‘lgan iflos qor yog‘di. Gidrometeorologiya xizmati markazi mazkur qor tarkibi o‘rganib chiqilgani va nega bunday changli yog‘in kuzatilgani borasida axborot berdi.

“Ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘ldi. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi.

17 noyabrda respublikaning butun hududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi. Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi va tuproq va qum rangini bo‘yab Toshkent shahriga cho‘kdi”, deyiladi xabarda.

Foto: O‘zgidromet

Bildirilishicha, mazkur qorning yog‘ishi inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi va havoni tozalaydi.

“Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlari: qorning pH (kislotalilik) - 9,6 ni tashkil etdi. Ishqorli muhit odatda pH - 7 bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2 ni tashkil etdi, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.

5:10 da Toshkent shahrida atmosfera havosida muallaq zarralarning keskin oshishi qayd etildi, ular 2.3 REM’ni tashkil etdi. Yog‘inlar yog‘ishi natijasida havoning tozalanishi sodir bo‘ladi”, deya yozadi “O‘zgidromet”.

Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Toshkentda g‘ayrioddiy chang-qumli tuman tushishi hodisasi kuzatildi. Shahar havosida chang miqdori me’yordagidan 30 barobargacha ortib ketdi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi