«Özgidromet» kuzatuvlariga köra, sönggi 150 yil içida Özbekistonda bunday çang-ğubor hodisasi kuzatilmagan.

«Özgidromet»ning Toşkent şahrida joylaşgan havo sifatini ifloslantiruvçi moddalar tahlilini yurituvçi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida çang miqdori keskin kötarila boşlagan. Avvaliga çang miqdori ruxsat etilgan me'yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargaça kötarilgani qayd etilgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boşlab havo tarkibidagi çang miqdorining pasayiş tendensiyasi kuzatilgan va bu davr oraliğida çang miqdori ruxsat etilgan me'yoriy körsatkiçdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.

Ta'kidlanişiça, «Özgidromet» tomonidan olib borilayogan kuzatişlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday holat ilgari kuzatilmagan. Respublika hududlarida keskin şamollar natijasida iqlim şaroitlaridan kelib çiqib, çang-ğubor hodisalari kuzatilgan hamda uşbu jarayonlar şamol töxtaşi bilan 15-20 daqiqa vaqt oraliğida tarqalgan.

Respublika hududida 12 noyabr kuniga qadar yoğingarçiliklar (janubiy viloyatlardan taşqari) kuzatilmasligi turli xil iqlimiy model, sun'iy yöldoşlardan olinayotgan real vaqtdagi tasvirlar, yer usti va atmosfera qatlamlaridagi ob-havo xaritalari tahlili asosida mutaxassislar tomonidan porognoz qilinmoqda. Mutaxassislar tahliliga köra, atmosfera havosida çang-ğuborlarning yaqin kunlar içida saqlanib qoliş ehtimoli mavjud.