17 noyabr kuni Toşkent şahrida tarkibida çang zarralari bölgan iflos qor yoğdi. Gidrometeorologiya xizmati markazi mazkur qor tarkibi örganib çiqilgani va nega bunday çangli yoğin kuzatilgani borasida axborot berdi.

“Ifloslangan qor yoğişiga 4 noyabrda Qozoğiston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum böronlari sabab böldi. Agar Toşkentda 14 noyabrda yoğinlar yoğib havo tozalangan bölsa, Buxoro viloyatida esa yoğinlar bölmadi.

17 noyabrda respublikaning butun hududiga şamolning tezlaşişi va ba’zi joylarda qumli böron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi. Şamol tezligidan kötarilgan çang masofaga köçdi va tuproq va qum rangini böyab Toşkent şahriga çökdi”, deyiladi xabarda.

Foto: Özgidromet

Bildirilişiça, mazkur qorning yoğişi inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi va havoni tozalaydi.

“Atmosfera havosi tahlil natijalari körsatkiçlari: qorning pH (kislotalilik) - 9,6 ni taşkil etdi. Işqorli muhit odatda pH - 7 böladi. Elektr ötkazuvçanlik 73,2 ni taşkil etdi, bu anionlar va kationlarning unça katta bölmagan konsentratsiyasidan dalolat böladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.

5:10 da Toşkent şahrida atmosfera havosida muallaq zarralarning keskin oşişi qayd etildi, ular 2.3 REM’ni taşkil etdi. Yoğinlar yoğişi natijasida havoning tozalanişi sodir böladi”, deya yozadi “Özgidromet”.

Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido

Eslatib ötamiz, 4 noyabr kuni Toşkentda ğayrioddiy çang-qumli tuman tuşişi hodisasi kuzatildi. Şahar havosida çang miqdori me’yordagidan 30 barobargaça ortib ketdi.