Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorao‘zakda metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketdi
Hodisa natijasida 3 nafar odam tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan. «Matiz»ga esa jiddiy zarar yetgan.
Kecha, 18 noyabr kuni soat 15:55 da Qorao‘zak tumani «Berdaq» OFY hududidagi metan «zapravka»da favqulodda holat yuz bergan. Bu haqda «Tynyshlyq saqshysy» gazetasi xabar berdi
Ma'lum bo‘lishicha, tumandagi «AKK MeTAN OIL» «zapravka»sida «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgan. Holat chimboylik B.Q. ning mashinasiga gaz to‘ldirish vaqtida yuz bergan. Portlash oqibatida hududda yong‘in yuzaga kelgan.
Natijada Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi S.A. va Qorao‘zak tumanida yashovchi bir nafar yo‘lovchi, «AKK MeTAN OIL» MChJ ishchisi J.D. lar tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
Ularning sog‘ligi haqida hozircha qo‘shimcha ma'lumot berilmadi. Bundan bir yil oldin Mo‘ynoqdagi metan «zapravka» qarshisida yong‘in yuz bergandi.
Mavzuga oid
10:18 / 15.03.2026
15 mart kuni metan zapravkalar olti soat ishlaydi
11:15 / 10.03.2026
Metan zapravkalar faoliyatiga yana cheklov kiritiladi
13:11 / 07.03.2026
Qashqadaryoda ko‘chada turgan Damas portlab ketdi
00:18 / 09.02.2026