Polsha senati spikeri ichida portlovchi modda bo‘lgan jo‘natma oldi
Qayd etilishicha, jo‘natma parlamentga kelganidan so‘ng oddiy tekshiruv tizimidan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida uning ichida Senat spikeriga nisbatan tahdidlar va noma'lum modda borligi ma'lum bo‘lgan.
Polsha senati spikeri Tomash Grodzkiy ichida tahdidli maktub va portlovchi modda bo‘lgan jo‘natma oldi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
“Senatga mening nomimga jo‘natma keldi – o‘ldirish bilan tahdid qilingan maktub va portlovchi modda. Jo‘natmani mas'ul xizmatlar qabul qilib oldi. Ular aybdorni tezda tutishadi degan umiddaman”, - deb yozdi Grodzkiy.
Senat axborot xizmatining xabariga ko‘ra, jo‘natma parlamentga kelganidan so‘ng oddiy tekshiruv tizimidan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida uning ichida Senat spikeriga nisbatan tahdidlar va noma'lum modda borligi ma'lum bo‘lgan.
Jo‘natmani tekshirgan davlat qo‘riqlash xizmati uning ichida portlovchi modda bo‘lganini tasdiqladi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha politsiya surishtiruv olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:20 / 29.05.2023
Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
12:24 / 26.12.2022
Polsha O‘zbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
07:53 / 02.12.2022
Vladimir Norov Polshaga tashrif buyurdi
14:25 / 31.07.2022